Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2025, Тошкент вақти: 06:24

OzodTa'sir: Namanganda suv chiqargan tadbirkorning 70 mln so‘m ish haqi to‘lab berildi


Chustda suv qudug‘ini qazish payti.
Chustda suv qudug‘ini qazish payti.

Namangan viloyat, Chust tuman, Olmos qishlog‘idagi suvsiz hududda quduq qazib, suv chiqargan tadbirkor Yo‘ldosh Zoirov 70 million so‘m pulini fermerdan undirib oldi.

Ozodlik 31- iyul kuni e’lon qilgan "Chustda quduq qazgan tadbirkor: FVV polkovnigi 70 mln so‘m ish haqimni bermayapti" sarlavhali maqolada tadbirkor Toshkentdagi vazirliklarning birida nufuzli lavozimda ishlaydigan mulozim uni o‘ziga qarashli fermer xo‘jaligida 3,5 oy davomida ishlatib, haqini bermaganidan shikoyat qilgan edi.

18-sentabr kuni Ozodlik bilan bog‘langan tadbirkor Yo‘ldosh Zoirovning aytishicha, u uch yarim oylik mehnati samarasi bo‘lgan ish haqini to‘liq olgan:

"Ana shu maqoladan keyin bir oz muammolar bo‘ldiyu, lekin pulni to‘liq tashlab berishdi. Sizlarga katta rahmat!".

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Chustda jami 1000 gektar maydonni o‘zlashtirib, jami 35ta quduq orqali suv chiqarish rejalangan.

Prezidentning shaxsan topshirig‘iga ko‘ra, hozirda Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan Olmos, G‘alaba hamda Axcha qishloqlaridagi suv chiqmaydigan hududlarda yerosti suvlari hisobidan sug‘orishni ​yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Toshkentdagi “Mahalliy xizmat” firmasining rahbari Yo‘ldosh Zoirov ishchilari bilan Chustdagi “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligida uning firmasi ishchilari 3, 5 oy davomida ishlab, quduq qazib, suv chiqargan edi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xizmat boshlig‘i lavozimida ishlaydigan Baxtiyor Abdurahimov “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligining muassisi ekanligini Ozodlikka aytgan edi.

Abdurahimov “Mahalliy xizmat” firmasi bilan hech qanday muammoga ega emasligini, firma egasining o‘zi pulini olmasdan ketganligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG