Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2025, Тошкент вақти: 17:37

Janubiy Koreyada ishlashni xohlovchilarni saralash tartibi o‘zgardi


Seul shahri
Seul shahri

O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tayangan xolda mahalliy OAVning xabar qilishicha, EPS-TOPIC’ka kirish uchun koreys tilini bilish bo‘yicha saralash testlarni o‘tkazish huquqi barcha tadbirkorlik sub’ektlariga berildi. Bundan avval bu huquq Yagona test markaziga berilgan edi.

Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan Bilimni baholash markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tish zarur. Hozirgi kunda Andijon va Samarqanddan ikkita korxona akkreditatsiyadan o‘tdi.

EPS-TOPIC’ka kirish uchun o‘tkaziladigan saralash test sinovlari natijalari 2019 yil 1 iyundan boshlab, dinamik reyting ko‘rinishida ochiq holda vazirlik saytiga joylashtirib boriladi. Reytingdagi o‘rinlar to‘plangan ballardan kelib chiqib shakllanadi. EPS-TOPIC test sinovlaridan o‘tgan har bir fuqaro o‘zining Koreya Respublikasida ishga joylashish statusi haqida yangi ishga tushirilgan korea.mehnat.uzsayti orqali ma’lumot olishi mumkin.

Vazirlikning ta’kidlashicha, mazkur o‘zgarishlar test o‘tkazish va O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish, shuningdek, saralashda hamma uchun birdek sharoit yaratish jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbievning bayonot berishicha, nomzodlarning Test markaziva EPS-TOPIK o‘rasidagi tafovuti 10% va undan ko‘p bo‘lsa Test markazi natijalarini vazirlik bekor qilish xuquqini saqlab qoladi. Vazirning aytishicha, bu amaliyot korrupsiyaga qarshi profilaktika vazifasini bajaradi.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, test nazorati informatsion texnologiyalar va videokuzatuv yordamida amalga oshiriladi. Vazirlik test tizimini takomillashtirishni davom ettiraveradi.

XS
SM
MD
LG