Vodiy gaz zapravkalarida bir necha kilometrlik navbatlar paydo bo‘ldi(VIDEO)

Farg‘onada gazga navbat

Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarining shahar va tumanlarida avtomobillarga quyiladigan metan gazining taqchilligi yuzaga keldi. Ozodlik mobil muxbirlari yuborgan foto va videolarda avtomobillarning bir necha kilometrlik navbatlari aks etgan. Haydovchilar Ozodlikka 5-6 soatdan navbatda turishganini aytmoqda.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Фарғона водийсида метан гази йўқ¸ олти соатлик навбат¸ йўлкира қимматлади

"Farg‘onada metan gazning ahvoli mana shu. Moshinalarning navbati olti kilometrgacha cho‘zilib ketgan. Haydovchilar 7-8 soatlab turishga majbur bo‘lishyapti", deb yozgan vodiylik haydovchilardan biri bu manzaraning fotosini ham Ozodlikka yubordi.

Farg‘onada gazga navbat

Andijonlik yo‘lovchilardan biri esa, shahardagi AGQShda uzundan-uzoq navbatning yuzaga kelganligi va to‘rt soatdan buyon navbatda turishganini yozdi:

"Ozodjon chiqar shulardi, Andijonda gaz zapravkalar o‘chirit, soat 04:00 da chiqqanmiz mana soat 08:10 bo‘lyabdi, aniq javob yo‘q, qaysi payti ochilishiga. Bugun yul kira yana 8000 mingga chiqadi, 1000 so‘mlik yo‘l kira xalqdi ezib tashadiyu, hokimyatdagilar sen yozasan darrov bartaraf etishyabdi, ozod iltimos sendan shu rasmlardi chiqarib yozib tashagin", deb yozadi andijonliklardan biri.

Andijonda gazga navbat

Namangan viloyatidan mashinalarning turnaqator navbatini rasmga tushirib Ozodlikka jo‘natgan haydovchilardan birining yozishicha, aholini asosiy transporti bo‘lgan DAMASlar to‘xtab qolgani uchun yo‘lkira ham qimmatlagan:

"Bu navbatni ko‘ryapsizmi, 5-6 soatda zo‘rg‘a navbat kelyapti. Odamlar bugun ishiga, o‘qishiga borolmay qiynalib qoldi. Ba’zi insofsiz haydovchilar yo‘lkira narxlarini oshirib ham yubordi. Bunaqasi hali bo‘lmagan", deydi haydovchilardan biri.

Namangandagi mashinalar navbati

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Vodiy gaz zapravkalarida bir necha kilometrlik navbatlar paydo bo‘ldi

Ozodlik voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Vodiydagi ushbu vaziyatdan xabardorlar bo‘lsa, o‘z bilgan va ko‘rganlarini Ozodlikka yo‘llashini so‘raymiz. Ma’lumotlaringizga foto va videolarni havola qilishni unitmang! Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz: +420 724 971 539; +420 724 740 755. Elektron pochtamiz: ozodlikmail@gmail.com